"Andijon" xalqaro aeroporti

Umumiy ma’lumot

Andijon viloyati – O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlangan va e’tiborga molik regionlaridan biri. U Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, 4,2 ming kv.km hududni egallaydi. Andijon viloyati O‘zbekistonning Farg‘ona va Namangan viloyatlari, hamda Qirg‘izistonning O‘sh va Jalol-obod viloyatlari bilan chegaradoshdir.

Andijon viloyatida 2 mln. 300 mingdan ziyod odam yashaydi. Bu erda 160 ta yirik sanoat korxonalari, 281 qishloq xo‘jalik mahsulaotlarini qayta ishlash korxonalari, 7,0 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari mavjud. Asaka shaxrida O‘zbekiston avtomobil sanoatining – “GMavto” zavodi, Janubiy Koreyaning bir qator korxonalari joylashgan. Bundan qashqari “Elektroapparat”, vagon ta’mirlash, mashinasozlik zavodlari ishlab turibti. “Andijon”, “Polvontosh”, “Xo‘jaobod” va boshqa neftni qayta ishlash korxonalari ishlab turibti. Yildan yilga sanoat va hususiy korxonalarni qurish ko‘lami kengayib bormoqda.

Andijon viloyatining iqtisodiy yuksalish darajasining oshib borishi bilan birga, ishlab chiqarish va kapitalning konsentrasiyasi, aholining ishbilarmonlik faolligi respublikaning boshqa viloyatlari bilan transport aloqalarini tiklash, Markaziy Osiyo va yaqin chet el davlatlarining avia tashuvlariga talab oshib bormoqda.

“Andijon” aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining tarkibiga kiradi.

  • Andijon shahridan 7 km janubiy-g‘arbda joylashgan.
  • Aerodrome “B” sinfiga mansub.
  • Uzunligi 2900 metr va eni 44 metrli aerodromda bitta sun’iy uchish qo‘nish yo‘lkasi SUQY mavjud.
  • Yuza qatlami: temir-betondan iborat.
  • UQY (MYB) Magnit yo‘l burchagi: 0410 / 2210 darajaga ega.
  • Soat poyasi raqami (qishda/yozda): +5/+5.
  • Magnit nisbati ΔМ +40 191.
  • Aerodorm toifalanmagan.
  • Radiotehnik jihozlar: KRM, GRM, DPRM, BPRM, DRL-7.
  • Qo‘nishlarni navbatdagi tizimlar bo‘yicha ta’minlaydi: VPP04: RMS, OSP, OPRS

VPP 22: RTS qarshi start radiotehnik vositalari bo‘yicha (faqat kunduzi).

  • Yorug‘lik bilan xabarlash jihozlari turi: OMI “Luch-4M”.
  • Meteo jihozi – “KRAMS-4” meteo tizimida.
  • Aerodrome Boeing-757-200, Boeing-737-100, Boeing-737-200, Tu-204, RJ-85, Il-114, An-12, Il-76 yuk tashuvchi va boshqa ASN ≤ PSN bo‘lgan havo kemalarini chegaralashlarsiz qabul qiladi.

Andijondan mahalliy va xalqaro (MDX) liniyalari bo‘yicha doimiy Moskva, Sankt Peterburg, Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlari bajariladi. Aerovokzal kompleksining yo‘lovchi qabul qilish salohiyati soatiga 200-250 yo’lovchini tashkil qiladi.

Yo‘lovchi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun aeroportda:

  • yo‘lovchilar uchun kutish zali;
  • transit yo‘lovchilar uchun kutish zali;
  • xalqaro liniyalar (MDX) yo‘lovchilari uchun uchish qo‘nish zali;
  • onalar va bolalar xonasi;
  • tibbiy maskan;
  • pul ayriboshlash shahobchasi;
  • bar;
  • yuk ombori;
  • chegara, bojxona va aviatsiya xavfsizligi nazorati xizmatlari;
  • rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali (RDXKZ) xizmat ko‘rsatmoqda.

Barcha xizmatlarda sifat menejmenti tizimi va parvozlar xavfsizligi tizimi joriy qilingan.

Aeroportni yangilash bo‘yicha bir muncha ishlar qilindi: o‘t o‘chirish deposi va havodagi xarakatni boshqarish xizmatlarini joylashtirish uchun yangi binolar qurildi, uchish va qo‘nish zali inter’eri qayta rekonstruksiya qilinib, havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun mahsus texnika va transport vositalari sotib olindi. Ta’mirlash ishlarining navbatdagi bosqichi aeronavigatsiya tizimlarini modernizatsiyalash HXB dispetcherlari uchun avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini o‘rnatish, eskirgan yorug‘lik bilan xabarlash jihozlarini yanada zamonaviysiga almashtirish, hamda HXB ob’ektlari va parvozlarni radio-yoritish texnikasi bilan ta’minlash ob’ektlaridagi elektr ta’minoti tizimlarini rekonstruksiya qilishdan iborat. Bu esa parvozlar xavfsizligini oshirishga va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini jahon andozalariga tenglashtirishga olib keladi.

Maqsadlari:

  • Yo‘lovchilar, yuk, bagaj va pochtalarni jo‘natish bo‘yicha ishlab chiqarishda belgilangan rejani bajarish;
  • Havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni ta’minlash, shu jumladan xorijiy va hususiy havo kemalarining shartnomalari shartlarida ko‘rsatilgan va xizmat ko‘rsatish turiga tegishli kelishuvlarga asosan aviakompaniyalar va korxonalar havo kemalariga tijorat va texnik xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish;
  • Aeroport va aerodromdan xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
  • Parvozlarni AMSG orqali meteorologiya bilan ta’minlash, uning holatini nazorat qilish va meteo xizmatini ko‘rsatish davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choraklarini ko‘rish;
  • Xarakatdagi jadvalga asosan HK parvozlari doimiyligini ta’minlash, xizmatlar ishlarida havo kemalari parvozlarining doimiyligini ta’minlashga ta’sir etuvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni qo‘llash;
  • Parvozlar xavfsizligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
  • YoMM sotib olish va foydalanishga kiritish;
  • Aeronavigatsiya faoliyati bo‘yicha aeroport bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ishlarni olib boorish;
  • Jabobgarlik hududida havo kemalari xarakatini boshqarish nazoratini tashkillashtirishni amalga oshirish;
  • Xizmatlar shaxsiy tarkibining nazariy va amaliy tayyorgarligini tashkillashtirish hamda kasbiy mahoratini oshirish;
  • Raxbar, muhandis-texnik va ishchi, xizmatchi kadrlar tanlovini tashkillashtirish. Ularni lavozimlarga tayinlash, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish;
  • Tegishli xizmatlarda, parvozlar xavfsizligini yanada yuksaltirish, mehnat samaradorligini oshirish, oldilariga qo‘yilgan maqsadlarni sifatli bajarishi va xodimlarning ijodiy tashabbuslarini oshirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va olib borish.

Xizmatlar:

  • Yo‘lovchilar va ularning bagajlariga, yuk mijozlariga parvoz oldi va parvozdan keyingi erda xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish;
  • Avia tashishlarning xarakatdagi qoidalariga asosan, shu jumladan guruhlarga ham avia chiptalarni sotish va joylarni bronlash;
  • Aeroportdagi aholiga (kuzatuvchi, kutib oluvchi va uchishni xoxlovchi) reyslarning xarakati to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni berish yuzasidan axborot xizmatini ko‘rsatish;
  • Servis va boshqa pullik xizmatlarni ko‘rsatish;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarga transport xizmatlarini ko‘rsatish;
  • MAK HK uchuvchi ekipajga, hamda boshqa HK foydalanuvchi ekipajlarga ularning buyurtmanomasiga ko‘ra, aeronavigatsiya va meteorologiya bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni taqdim qilish.

Direktori - Saderdinov Ziyaiddin Zaxerdinovich

Tel. +998 74 228-46-65; +998 74 228-32-92

E-mail: airport.azn[at]uzairways.com

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 11:00.

Rejim va aviatsiya xavfsizligi boʻyicha xizmat boshliʻgi - Razaqov Sadritdin Nuritdinovich

Tel. +998 74 228-18-58;

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 11:00.

СОП va ПУ boshli'gi - Tuxtisinov Saydullo Xayrullayevich

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 11:00.

Tel. +998 74 228-11-45

Bog‘lanish uchun telefonlar:

Tel. (+99874) 224-27-44
Tel/Fax (+99874) 224-15-57; 224-48-64
airport.azn@uzairways.com
git.azn@uzairways.com

Axborot – ma’lumot markazi:

(+99874) 224-52-81 yoki
8(374)224-52-81

Andijon shahri: Novokol'сevaya ko'chasi, 1

ko'rsatkich: 170011