"Uzbekistan Airways" Toshkent - Nur-Sulton - Toshkent yo‘nalishida bepul bagaj tashuvi meyyorini oshiradi
2019-yil 28-noyabrdan boshlab O‘zbekiston aviatashuvchisi Toshkent – Nur-Sulton va Nur-Sulton – Toshkent qatnovlarida bepul bagaj tashuvi meyyorini oshirmoqda:
- biznes-klassda - 30 dan 40 kg gacha;
- ekonom klassda - 20 dan 25 kg gacha.
Eslatib o‘tamiz, oshirilgan bepul bagaj tashuvi meyyori 2020-yil 31-martgacha amal qiladi.
Rossiya Federatsiyasi bojxona organlari talablariga asosan «NOSVOY» chekilmaydigan tamaki aralashmasini mamlakatga olib kirish mumkin bo‘lgan me’yori 250grammni tashkil etadi.
Bojxona qoidalariga rioya etmagan holatlarda qoidabuzarlarga nisbatan jarima solish tarzida ma’muriy jazo choralari qollaniladi.
Yekaterinburg – Toshkent yo'nalishi bo‘yicha 10.10.2019 da uchib ketayotgan HY 662 reysi yo'lovchilari diqqatiga!
Yekaterinburgdan Uzbekistan Airways kompaniyasi HY 662 reysining uchib ketishi kechikmoqda.
Jadval bo’yicha soat 13:25 da belgilangan uchish vaqti no’malum muddatga ko’chirilmoqda. Qatnovning ushlanib qolinishiga Yekaterinburg shahridagi “Koltsovo” aeroportining vaqtinchalik yopilishi sabab bo’ldi.
10-oktyabr kuni Toshkent-Yekaterinburg yo’nalishi bo’yicha HY661 qatnovini amalga oshiruvchi A320 samolyoti Tyumen shahridagi zahira aerodromiga yo’naltirildi. Sabab: texnik sabablarga ko’ra “Koltsovo” aeroportining (Yekaterinburg sh.) yopilishi. “Koltsovo” aeroporti ochilgach, bizning bortimiz qatnovga yo’l oladi.
“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatining maxfiylik siyosati
“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati maxfiylikka hamda mazkur mijozlar va hamkorlarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlashga jiddiy yondashadi.
“Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati o‘zining mijozlari va hamkorlaridan olinadigan ma’lumotlarni o‘z faoliyatida amalga oshiriladigan ustuvor vazifa sifatida belgilaydi.
Urumchi shahriga parvoz qilayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumot
Urumchi shahriga M, F, Q, S toifali vizalar bo‘yicha kirishda Xitoy Xalq Respublikasining chegara nazorati xizmati yo‘lovchilardan viza bilan birga Xitoy tomonidan (sayyohlik agentligi /qarindosh/ kompaniya) berilgan taklifnomani taqdim etishni talab qilmoqda (taklifnomaning nusxasi yoki telefondagi sur’atini taqdim etish yetarli).
“Taklifnoma”si bo‘lmagan yo‘lovchilarga Urumchi shahriga kirishga ruxsat berilmaydi.
Turkiya davlatiga boruvchi mehnat migrantlari uchun ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma‘lumotlariga ko‘ra, Turkiya Respublikasi hududida chet ellik fuqarolar uchun bepul telefon tarmog‘i ishga tushirildi. Mazkur tarmoqda xorijlik fuqarolar Turkiya hududiga kirish, chiqish, istiqomat qilish, ish bilan ta‘minlanish, chet el fuqarolarini himoya qilinishi, ularning huquq va majburiyatlari va boshqa shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar olishlari mumkin. Xavfli vaziyat yuzaga kelganda aloqa markazi orqali favqulodda qo‘ng‘iroqni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Mumbay yoʻnalishidagi samolyoti Samarqandga favqulodda qoʻndi
Bugun, 16 noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkentdan Mumbayga parvoz qilgan qatnovi samolyot yoʻlovchilardan birining ahvoli yomonlashishi tufayli Samarqandga favqulodda qoʻndi.Trapda yoʻlovchini tez yordam mashinasi kutib turgan va u viloyat markazidagi kasalxonalardan biriga olib ketilgan.