Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.
O'zingiz va boshqalarni CORONAVIRUS - COVID-19 infektsiyasidan saqlang
Koronavirus nafas yo'llaridagi hujayralarni zararlaydi. Inkubatsiya davri 2 kundan 14 kungacha. Koronavirus belgilari: isitma (harorat), yo'tal, nafas qisishi.
Infektsiyani oldini olish chora-tadbirlari:
Ro'yxatdan o'tish tartibi va havo kema bortida o'zini tutish qoidalari.
Hurmatli yo'lovchilar!
Koronavirus pandemiyasi davrida o'zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun havo kema salonida bajarilishi zarur bo'lgan ba'zi qoidalar va tavsiyalar bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz:
Koronavirusning tarqalishini oldini olish va infektsiyaga qarshi xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha ekipaj a'zolari parvozdan oldin umumiy sog'liq holati va haroratni o'lchash uchun majburiy tekshiruvdan o'tadilar. Parvoz davomida ular xam yo'lovchilar kabi, niqob va himoya qo'lqoplarini taqishadi.
Har bir parvozdan so'ng samolyotni maxsus vositalar bilan puxta tozalash amalga oshiriladi, barcha sirtlar va buyumlarga ishlov beriladi. Dezinfeksiya salonlarda ham, bagaj bo'limlarida ham amalga oshiriladi. Barcha "Uzbekistan Airways" samolyotlari zamonaviy HEPA-filtrlari bilan jihozlangan bo'lib, ular 99,97% yaqin virus va bakteriyalarni ushlab qoladi.
Suv, eshitish vositasi, oziq-ovqat, yo'l va bolalar to'plamlari alohida paketlarda beriladi.
Bort jurnallari va matbuot vaqtincha mavjud bo'lmaydi.
Kiritilgan cheklovlar parvoz haqidagi taassurotingizga ta'sir qilmasligiga umid qilamiz. Epidemiologik vaziyat yaxshilangan zahoti, yana to'liq servis xizmat ko'rsatishga qaytamiz.
Sizga yoqimli parvoz tilaymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
O'zingiz va yaqinlaringizni asrang.
Reyslar jadvali.
Yo'nalish | Reys raqami | Uchish/kelish vaqti | |
Toshkent - Deli - Toshkent | HY 3421/22 | 14:00/17:30 19:00/21:30 |
Chipta sotib olish |
Krasnodar - Toshkent | HY 3688 | 21:20/02:50 | Chipta sotib olish |
Yo'nalish | Qatnov raqami | Qatnov bajariladigan kunlar | Ketish vaqti | Kelish vaqti | |
Toshkent - Nukus | 17 | Payshanba, shanba | 14:40 | 16:20 | Chipta sotib olish |
Nukus - Toshkent | 18 | Payshanba, shanba | 18:20 | 19:40 | Chipta sotib olish |
Toshkent - Urganch | 51 | Har kuni | 9:00 | 10:40 | Chipta sotib olish |
Urganch - Toshkent | 52 | Har kuni | 12:40 | 14:00 | Chipta sotib olish |
Toshkent - Termiz | 65 | Chorshanba, shanba | 11:00 | 12:20 | Chipta sotib olish |
Termiz - Toshkent | 66 | Chorshanba, shanba | 14:20 | 15:30 | Chipta sotib olish |
Yo'nalish | Reys raqami | Reysni amalga oshirish kunlari | Uchish/kelish vaqti | Uchish/kelish vaqti (teskari reys) | |
Toshkent - Nyu-York - Toshkent | HY 101/102 | Yakshanba | 06:45/10:55 | 12:55/09:55+1 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Minsk - Toshkent | HY 709/710 | Dushanba, Payshanba | 08:30/11:45 | 13:15/20:00 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Frankfurt - Toshkent | HY 231/232 | Payshanba | 05:45/09:40 | 11:40/20:55 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Istambul - Toshkent | HY 271/272 HY 273/274 |
Har kuni (seshanba kunidan tashqari) | 07:40/11:00 17:00/20:20 |
12:30/19:00 21:45/04:15+1 |
Chipta sotib olish |
Toshkent – Dubay - Toshkent | HY 333/334 | Dushanba, chorshanba, payshanba, juma, yakshanba | 08:25/11:00 | 12:25/16:35 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Sharja - Toshkent | HY 333/334 | Seshanba | 08:25/11:00 | 12:30/16:40 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Seul - Toshkent | HY 511/512 | 28 yanvar va 11 fevral | 23:20/09:30 | 11:05/14:15 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Olmaota - Toshkent | HY 761/762 | Seshanba, Juma | 07:30/10:00 | 11:00/11:40 | Chipta sotib olish |
Toshkent - Nur-Sultan - Toshkent | HY 721/722 | Payshanba | 13:00/16:00 | 17:00/18:00 | Chipta sotib olish |
Toshkent – Bishkek - Toshkent | HY 777/778 HY 779/780 |
Dushanba, payshanba | 16:00/18:10 07:50/09:15 |
19:40/20:00 18:40/19:00 |
Chipta sotib olish |
O'zbekistonga kirish qoidalari.
Biz sizning e'tiboringizni O'zbekistonga kirish qoidalaridagi o'zgarishlarga qaratamiz:
https://mfa.uz/uz/press/news/2020/tashqi-ishlar-vazirligi-operativ-shtabi-axboroti---29016
O‘zbekistonda 2020-yil 25- dekabrdan boshlab, Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga binoan O‘zbekistonga kelayotgan shaxslarda koronavirus infektsiyasining antigeni mavjudligi bo‘yicha ekspress-test o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilmoqda.
25-dekabrdan boshlab, O‘zbekistonga barcha tashrif buyurayotganlardan COVID-19 antigeni mavjudligi bo‘yicha tezkor sinovdan o‘tish talab qilinadi, hatto koronavirusga manfiy PZR-test ma’lumotnomasi bo‘lgan mehmonlardan ham.
Test sinovi aeroportlarda, vokzallarda va chegara punktlarida tashrif buyurayotgan yo‘lovchilarning shaxsiy mablag‘ֹlari hisobidan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya mamlakatlari va Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lgan va uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida o‘z hisobidan tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.
“Uzbekistan Airways” AJ qatnovlari orqali O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar "COVID-19"ga PCR usuli bilan test sinovining manfiy natijasi bo‘lgan ingliz yoki rus tilidagi, qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim. Test sinovining manfiy natijasi va/yoki amaldagi ma’lumotnoma bo‘lmagan taqdirda, yo‘lovchilar qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat etilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chiqish qoidalari.
Hurmatli yo‘lovchilar!
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son farmonning 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti ("yashil pasport") O‘zbekistondan chiqib ketish uchun faqat 2021-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatdan chiqish faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasport ("qizil pasport") bilan amalga oshiriladi.
Biroq, siz "yashil pasport" bilan uning amal qilish muddati tugagunga qadar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishingiz hamda O‘zbekiston hududiga kirishingiz mumkin.
Kelishi bilan isitma yoki boshqa alomatlar kuzatiladigan yo'lovchilar I.Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportida tekshiriladi. PCR testining ijobiy natijasi bo'lgan yo'lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.
Iltimos, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga uchib ketishlarini istasangiz, belgilangan mamlakatda sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olishingiz va aviachiptalarni sotib olishdan oldin yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beruvchi tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqib ketishiga qo‘yiladigan asosiy talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining veb-saytidan olishingiz mumkin https://mfa.uz/ru/press/news/2020/09/24635/
O‘zbekiston fuqarolarining o‘qish uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan asosiy talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining veb-saytidan olishingiz mumkin https://mfa.uz/ru/press/news/2020/09/24636/
Ushbu reyslarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytida, mobil ilova orqali, shuningdek, "Uzbekistan Airways" AJ ning yaqin Sotuv ofislarida yoki O'zbekiston Respublikasida va chet elda sotiladigan agentlardan xarid qilishingiz mumkin.
AQSh Yuqumli kasalliklarni tarqalishini nazorat qilish markazi 2021-yil 26-yanvardan boshlab AQShga chet eldan kelgan 2 va undan katta yoshdagi aviayo'lovchilar parvozga ro‘yxatdan o‘tish paytida kamida 72 soat ichida amalga oshirilgan COVID-19 uchun SARS-COV-2 PZR usuli bilan topshirligan testdan o‘tganligi ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi kerakligini e‘lon qildi. Ma’lumotnoma ingliz tilida bo‘lishi kerak. PCR-testning manfiy natijasini taqdim etmagan yo‘lovchilar AQSh qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tkazilmaydilar.
Hurmatli yo‘lovchilar!
2020-yil 21-dekabrdan boshlab Belarus Respublikasiga kirish, hududi orqali o‘tish va tranzit qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilganiga e’tiboringizni qaratamiz.
Batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://mfa.gov.by/ministry/COVID19/information/regimes/
Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!
"Uzbekistan Airways" AJ
I. Qozog‘istonga xalqaro parvozlarni amalga oshirish uchun sanitariya va karantin talablari:
1. Qozog‘iston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tayotganda barcha yetib kelgan shaxslar, Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish vaqtida muddati berilgan kundan boshlab, 3 kundan oshmagan COVID-19 uchun PZR usuli bilan topshirilgan testning manfiy natijali Ma’lumotnomasini (keying o‘rinlarda - Ma’lumotnoma) topshirishlari shart, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno, ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarda Ma’lumotnoma bo‘lishi zarur.
2. Agar ma’lumotnomat rus / ingliz / qozoq tillarida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, uni ingliz yoki rus tillariga tarjima qilish talab qilinadi.
II. Pandemiya paytida Qozog‘istonning Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi.
1. Karantin cheklovlari davrida Qozog‘iston Respublikasi hududiga kirish uchun chet el fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tiklagan mamlakat fuqarosi bo‘lishi va ushbu mamlakatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov bilan kelishi kerak. Ya’ni, Toshkent-Olmaota / Nur-Sulton-Toshkent qatnovlarida faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri rqatnovlar tiklangan 11 mamlakat fuqarolari tashuvga qabul qilinadi. "Qozog‘iston Respublikasi chegarasini kesib o‘tish tartibi" bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.gov.kz/memleket/entities/shekaraknb/press/news/details/poryadok-peresecheniya-gosudarstvennoy-granicy-respubliki-kazahstan-na-period-karantinnyh-ogranicheniy?lang=ru.
3. Qozog‘iston Respublikasining chet el fuqarolari uchun viza rejimi.
Qozog'iston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq 2021-yilning 1- mayigacha 57 davlatning chet el fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirish, qolish va chiqishning vizasiz rejimi to‘xtatilgan. Viza rejimi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa/press/article/details/6764?lang=ru
Germaniyada 2020 –yil 10-noyabrdan Germaniyaga sayohat qilayotgan yo'lovchilarning aloqa (uyali telefon) ma'lumotlarini https://einreiseanmeldung.de havolasi (sayti) orqali majburiy onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari joriy etildi.
Muhim! Chiqib ketish mamlakatini tanlash bo‘limida nemis tilida (USBEKISTAN) O‘zbekistonni S harfi bilan ko‘rsatish kerak!
Parvozga ro'yxatdan o'tayotganda, siz ro'yxatdan o'tganligingizni tasdiqlovchi ma'lumotni qog'oz shaklida taqdim etishingiz kerak.
Faqatgina agar yo‘lovchi onlayn ro‘yxatdan o‘tolmasa, istisno tariqasida qog‘oz shaklida ro‘yxatdan o‘tish shaklini ko’rsatilgan havola (sayt) orqali to‘ldirishi mumkin. https://www.bundesgesundheitsministerium.de/fileadmin/Dateien/3_Downloads/C/Coronavirus/Aussteigekarte_08-20.pdf
Ushbu talablarga rioya qilmaslik yo‘lovchi uchun 25000 evro miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi!
Batafsilroq:
1. Barcha yo‘lovchilar Dubay amirligining Dubay aeroportlariga kiruvchi yoki tark etuvchi fuqarolar, rezidentlar va sayyohlar uchun belgilangan hukumat bayonnomalari va shartlariga rioya qilishlari kerak.
2. Dubay amirligi rezidentlari BAAga qaytish uchun GDRFAdan olingan amaldagi ruxsatnomaga ega bo‘lishlari kerak. Boshqa barcha amirliklar (Abu Dabi, Ajman, Fujayra, Ras Al Khaimah, Sharja va Umm Al Quwain) rezidentlari ICAning amaldagi ruxsatnomasiga ega bo‘lishlari kerak.
3. Test Dubayga parvozdan oldin 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilishi kerak (surtma olish), testdan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat ingliz tilida rasmiylashtirilishi yoki ingliz tiliga rasmiy ravishda tarjima qilinishi kerak. Qo‘lda to‘ldirilgan koronavirusga test topshirilgani to‘g‘risidagi hujjatlardan foydalanish taqiqlanadi. 12 yoshgacha va o‘rta va og‘ir nogironligi bo‘lgan bolalar PZR test topshirishdan ozod etiladilar. BAA fuqarolari PZR sinovlaridan ozod etiladilar.
4. Dubayga kelgan barcha yo‘lovchilar (sayyohlarga/viza kirishda) BAAda ishlatilishi mumkin bo‘lgan tibbiy sug'urtaga ega bo‘lishlari kerak.
5. Dubay aeroportlari orqali uchadigan barcha tranzit/transfer yo‘lovchilariga amaldagi tibbiy sug‘urta ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.
6. Barcha yo‘lovchilar DECLARATION FORM to‘ldirishlari va Dubayga uchib ketishlaridan oldin COVID 19 DXB Smart App mobil ilovasini o‘rnatishlari kerak (DECLARATION FORM formasi ilovada biriktirilgan).
Hindiston hukumatining eslatmasi/sirkulyari
Safarni rejalashtirishdan avval:
I. Barcha sayohatchilar rejalashtirilgan safardan kamida 72 soat oldin onlayn-portalda (www.newdelhiairport.in) mustaqil deklaratsiya varaqasini to'ldirishlari kerak..
II. Ushbu deklaratsiyani to'ldirayotganda, sayohatchilar 14 kun davomida majburiy karantindan o'tishga, ya'ni 7 kunlik o'z hisobidan institutsional karantin, undan keyin so'g'lig'ini o'zi nazorat qilgan holda uyda 7 kun o'zini yakkalash tartibida bo'lishga rozilik berishlari kerak.
III. Ma'lum sabablarga ko'ra / ba'zi holatlarda, masalan, homiladorlik, oilada o'lim, jiddiy kasallik, 10 yoshgacha va undan kichik yoshdagi bolalari bo'lgan ota-onalarga 14 kunlik karantinni uyda o'tishga ruxsat berilishi mumkin.
IV. Agar ular yuqoridagi (III) paragrafga muvofiq bunday imtiyozga ega bo'lishni istasalar, onlayn-portalga (www.newdelhiairport.in) mamlakatga kirishdan kamida 72 soat oldin ariza bilan murojaat qilishlari kerak. Onlayn-portalda e'lon qilingan hukumat qarori yakuniy bo'ladi.
V. Sayohatchilar, shuningdek, mamlakatga kelishi bilan RTPCR testining salbiy natijasini taqdim etgan holda institutsional karantindan ozod qilishni ham so'rashlari mumkin. Ushbu test tahlili sayohatgacha 96 soat ichida o'tkazilishi lozim. Test tahlilini ko'rib chiqish uchun portalga yuklash kerak. Har bir yo'lovchi tahlil haqiqiyligi to'g'risida deklaratsiyani ham to'ldirishi kerak, agar aksi aniqlansa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Test tahlili Hindistonga kirish punktida, aeroportga etib kelganda taqdim etilishi ham mumkin.
Qo'nishdan avval:
I. Chiptalarni taqdim etishda agentliklar sayohatchilarga ruxsat etilgan va ta`qiqlangan harakatlar to'g'risida ma'lumot berishlari kerak.
II. Barcha yo'lovchilarga “Arogya Setu” ilovasini mobil qurilmalariga yuklab olish tavsiya etiladi.
III. Samolyot sahniga termal tekshiruvdan o'tgan va tegishli kasallik alomatlari bo'lmagan yo'lovchilargina chiqariladi.
IV. Quruqlik chegarasidan o'tgan yo'lovchilar ham yuqorida ko'rsatilgan protokoldan o'tishlari kerak va simptomlari bo'lmagan shaxslargina Hindiston chegarasini kesib o'tishlari mumkin.
Sayohat davomida:
I. Portaldagi deklaratsiya varaqasini to'ldirmagan sayohatchilar uni parvoz davomida/ samolyot sahnida ikki nusxada to'ldirishlari lozim, uning nusxasi aeroportdagi sog'liqni saqlash va immigratsiya xizmatlari xodimlariga beriladi. Shu bilan bir qatorda, bunday sayohatchilar, agar imkoniyat bo'lsa, deklaratsiya varaqasini onlayn-portalda kelish aeroportida tegishli idoralar ko'rsatmalariga muvofiq to'ldirishlari mumkin.
ESLATMA. Shtatlar yo'lovchilarning tegishli shtatga etib kelganidan so'ng baholashlariga qarab o'z karantin va izolyatsiya protokolini ishlab chiqishlari mumkin.
Qirg‘iziston Respublikasi hukumati tomonidan muntazam parvozlarni tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining 2020-yil 14-avgustdagi N274-p buyrug‘i, “Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 2020-yil 17-martdagi N84-p-sonli buyrug‘iga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, shuningdek Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining yuqoridagi buyrug‘i qabul qilindi. Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bir qator buyruqlarini bajarish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasiga kirish uchun koronavirus infektsiyasining pasayishi va epidemiologiya holatining barqarorlashuvi kuzatilgan xorijiy davlatlarning ro‘yxatini joriy etildi: Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Belgiya, Buyuk Britaniya,Germaniya, Gruziya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Qozog‘iston, Qatar, XXR, Kuvayt, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malayziya, BAA, Pokiston, Portugaliya, RF, Sloveniya, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya.
2020-yil 4-oktabrdan boshlab barcha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar COVID-19 koronavirus infektsiyasi mavjud emasligini ko'rsatuvchi, PCR-test natijalarini (parvozdan oldin 72 soatdan kechiktirmay) taqdim etishlari kerak.
1. Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi chet eldan Turkiyaga tashrif buyurayotgan 6 va undan yuqori yoshdagi aviayoʻlovchilar 30-dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib oʻtishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari maʼlumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini eʼlon qildi.
2. PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yoʻlovchilar, chegarani kesib oʻtishda koʻrsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil boʻyicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini koʻrsatmagan shaxslar, Turkiya sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.
3. 7 kunlik karantindan soʻng SARS-COV-2ga PZR-testi musbat natija bergan yoʻlovchilar Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligining COVID-19 amaldagi talablari asosida davolanadilar..
4. Mazkur choralar 2021-yilning 1-martiga qadar amal qilladi.
Qatnovar 2021-yil 28-yanvar va 2021-yil 11-fevral kunlari amalga oshiriladi - shu kunlarda Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi viza bilan xorijiy fuqarolarni tashish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1 - Amaldagi kirish vizasining mavjudligi (2020-yil 05.04.gacha berilgan C turdagi vizalar bundan mustasno);
2 - Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan laboratoriyalarning biri tomonidan uchish sanasidan 72 soatdan oshmagan vaqt davomida berilgan PZR usuli bilan olingan COVID-19 uchun salbiy test natijasining mavjudligi.
Ma’lumotnoma Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak!
Shu bilan birga, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar test sinovlaridan ozod qilinadi.
3 – Koreya tomonidan cheklovlar sababli o‘rindiqlar soni cheklangan. Bizning qatnovlarimizga ruxsat etilgan maksimal yo‘lovchilar soni - 165 yo‘lovchi.
Shuningdek, ulanish vaqti 24 soatdan kam bo‘lmaslik sharti bilan ko‘rsatilgan sanalarda Toshkentdan Inchxon aeroporti orqali uchinchi mamlakatlarga uchuvchi tranzit yo‘lovchilarni tashish mumkin.
Songgi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik tranzit yo‘lovchilar zimmasiga to‘liq yuklatiladi.
Boshqa kunlari rejalashtirilgan qattnovlar uchun (2021-y 01.21., 2021-y 02.04., 2021-y 02.18.) avvalgi cheklovlar amal qiladi, ya’ni Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test ma’lumotnomasiga ega faqat Koreya fuqarolari va F-5, F-6 vizalari bo‘lgan chet el fuqarolari qatnovlarga qo‘yiladi.
Ushbu qatnovlarda tranzit yo‘lovchilarining tashuvi amalga oshirilmaydi.
Koreya Respublikasiga kelgandan so‘ng, barcha yo‘lovchilar PZR-test topshirishlari va yashash joylarida 14 kunlik o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishlari shart. O‘zini izolyatsiya qilish joyi bo‘lmagan yo‘lovchilar o‘z hisoblaridan yashash davri uchun 2,100,000 KRW to‘lab maxsus davlat karantin muassasalarida o‘zini izolyatsiya qilishlari shart.
Yaponiya qatnovlariga Yaponiya fuqarolari, shuningdek, amaldagi sayohat hujjatlari va Covid-19ga PZR usuli bilan topshirilgan ingliz tilida rasmiylashtirilgan manfiy test natijalari bo‘lgan chet el fuqarolari cheklovlarsiz qabul qilinadi.
To‘liq ma’lumotlar Yaponiya elchixonasining www.uz.emb-japan.go.jp veb-saytida
Sizga yoqimli va xavfsiz sayohat qilishingizni tilaymiz!