«Buxoro» xalqaro aeroportining aerovokzal majmuasida CIP va VIP zallari mavjud.
- CIP zalida biznes klass yo‘lovchilari va tasdiqlangan ro‘yxatga asosan yo‘lovchilar toifalariga xizmat ko‘rsatiladi;
- CIP zali xizmatidan (Uchib kelish va uchib ketish uchun) har bir yo‘lovchi foydalanishi mumkin;
- CIP zali xizmatlarining bahosi O‘zR MB ning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 20 AQSH dollarini tashkil etadi;
- VIP zalida xizmat ko‘rsatish uchun oldindan buyurtma bergan rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatiladi. VIP zali xizmatlarining bahosi O‘zR MB ning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 40 yevroni tashkil etadi;
- CIP va VIP zallari xizmatlaridan foydalanish uchun 8-365-225-03-75, 8-365-225-07-07 telefonlari bo‘yicha, yoki yuqorida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga (faks orqali) yozma talabnoma yo‘llash yo‘li bilan buyurtma berish mumkin.

Shuningdek, talabnomani sop.bhk@uzairways.com elektron pochtasiga yuborish mumkin.
Aeroportdan shahar markazigacha oraliq 4 kilometrdan 5 kilometrgacha masofani tashkil etadi. Aeroportdan shaharning zamonaviy va tarixiy markazigacha quyidagi jamoat transportlarida yetib olish mumkin:
- 100-chi avtobus;
- 100-chi yo‘nalishli taksi;
- Taksi.
Yo‘l haqi:
- avtobus – 600 so‘m;
- yo‘nalishli taksi – 600 so‘m;
- taksi – 3000 so‘mdan 4000 so‘mgacha.