“Uchuvchilar majmuasi” davlat unitar korxonasi

“Uchuvchilar majmuasi” DUK “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ichki va xalqaro aviayo‘llarda yo‘lovchilar, bagaj, yuk, pochtaning havo orqali tashuvlarini ta’minlaydi.

Uchuvchilar majmuasi 1992-yilda O‘zbekistonning turli shaharlarida joylashgan uchuvchilar otryadlari bazasida tashkil etildi. UM DUK ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4- fevraldagi 44-qarori bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hisoblanadi.

Korxonada ISO 9001:2008 talablariga muvofiq keladigan sifat menejmenti tizimi joriy qilingan va qo‘llaniladi (sertifikatning ro‘yxatdan o‘tgan nomeri 12.02.2013 yil 13.0187.026).

2009–yilda korxona IOSA talablariga javob berish yuzasidan sertifikatlashdan o‘tib, IOSA operatorlarining rasmiy ro‘yxatiga kiritildi va tegishli sertifikat olindi.

Bugungi kunda Sharqdagi yirik aviatashuvchilardan biri hisoblangan UM o‘z parkida zamonaviy g‘arbda va o‘z mamlakatimizda ishlab chiqarilgan samolyotlarga ega (А320, B-767, B-757, А300-600, Il-114-100).

UM mutaxassislari dunyodagi eng yaxshi fuqaro aviatsiyasi o‘quv mashq markazlarida – Angliyada, Fransiyada, Germaniyada, Koreyada, Turkiyada, shuningdek MAK O‘MM bazasida nazariy va amaliy tayyorgarlikdan o‘tishadi

Uchuvchilar majmuasining a’lo darajada professional tayyorgarlikka ega uchuvchilar tarkibi Amerikadan tortib Yaponiyagacha, dunyoning 20 dan ortiq davlatiga, charter qatnovlarni hisobga oladigan bo‘lsak, deyarli butun dunyo bo‘ylab ICAOning birinchi va ikkinchi toifasi bo‘yicha – ko‘rish darajasi past bo‘lgan sharoitlarda, murakkab meteorologik sharoitlarda ham parvozlarni amalga oshirishadi.

“Uchuvchilar majmuasi” DUK, korxona sifatida xo‘jalik subyekti bo‘lib, quyidagilarni amalga oshirish uchun tuzilgan:

  • yo‘lovchilar, bagaj, yuk, pochtaning havo orqali tashuvlarini ta’minlash;
  • parvozlarning xavfsizlik darajasi va muntazamligini ta’minlash;
  • Havo kemasi bortida servisni ta’minlash;
  • Uchuvchilar tarkibini tayyorlashning belgilangan darajasini tutib turish;
  • Uchuvchilar majmuasi mehnat jamoasining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlari hamda Aviakompaniya manfaatlarini ta’minlash.

UM ning asosiy faoliyati muntazam ravishda xalqaro, mahalliy yo‘nalishlar va MDH yo‘llarida yo‘lovchi va yuk tashuvlarini bajarishdan iborat.

Pochta manzili – 100167, Uchuvchilar majmuasi, Lokomotivnaya ko‘chasi, Toshkent sh. O‘zbekiston.

Biz bilan bog‘lanish uchun telefonlar:

Solodovnikov Denis Georgiyevich

Uchuvchilar majmuasi direktori

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: seshanba, 8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-45

 

Akbarov Akmal Akramovich

Uchuvchilar majmuasi direktorining 1-o‘rinbosari

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: payshanba,  8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-25

 

Kim Sergey Elliotovich

Uchuvchilar majmuasi direktorining  PIT bo‘yicha o‘rinbosari

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: chorshanba, 8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-35

 

Kulyov Valeriy Aleksandrovich

Uchuvchilar majmuasi direktorining  MAX  bo‘yicha o‘rinbosari

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: payshanba,  8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-38

 

Blinder Antonina Ivanovna

Uchuvchilar majmuasi bosh buxgalteri

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: dushanba, 8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-44

 

Tuxtamirzayev Muxtorjon Yulbarsmirzayevich

UM XIB boshlig‘i

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: juma, 8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-15

 

Navruzova Shaxnoza Ergashevna

Yuridik byuro boshlig‘i

Fuqarolarni qabul qilish kuni va vaqti: dushanba, 8:00 dan  11:00 gacha

Telefon: +998 78 140-45-19