Prеss-rеliz

“O‘zbekiston havo yo‘llari” navbatdagi Boeing 787-8 Dreamliner yo‘lovchi avialaynerini qabul qildi

2019-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Milliy aviakompaniya floti to‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bilan to‘ldirildi.

Avialayner raqobatbardoshlik va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida MAK aviaparkini zamonaviy aviatsiya texnikalari bilan yangilash va kengaytirish maqsadidagi investitsion loiha doirasida sotib olingan.

Yangi samolyot avvalgi uchta Boeing 787-8 Dreamliner kabi ishlab chiqaruvchi zavodidan keltirildi. Shuningdek, unda yonilg‘i sarflash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 gazining ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari o‘rnatilgan. Avialayner biznesda – 24ta, ekonom klassda – 222ta va jami 246ta yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.

Unda yo‘lovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratilgan. Shinam samolyot sahni, qulay va keng o‘rindiqlar, yangi pol qoplamlari, yoritish va tovush izolatsiyasi, individual ko‘ngilochar dasturli HD sensor monitorlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilarida parvoz davomida ajoyib taassurot qoldiradi.

Ta‘kidlash joizki, navbatdagi Boeing 787-8 MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan boshqa uchta Dreamlinerlardan Internetga kirish uskunalari mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aviakompaniyaning “Bortda Internet” xizmatidan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi layneridir. Parvozdagi aloqa provayderi MAKning Airbus A320neo samolyotiga ham provayderlik qilgan, (Inflight Entertainment and Connectivity) ko‘ngilochar dasturlar va aloqa tizimini o‘rnatgan Panasonic Avionics Corporation kompaniyasi hisoblanadi.

Boeing-787-8 Dreamlinerning Markaziy Osiyodagi birinchi buyurtmachisi bo‘lgan O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi ularning tijoriy ekspluatatsiyasini 2016-yilda boshlagan. MAKning 2020-yilga mo‘ljallangan rivojlanish rejalariga muvofiq, aviapark ushbu rusumdagi oltita samolyot bilan to‘ldiriladi va MDHda bunday samolyotlarning yetakchi ekspluatantiga aylanadi.

Aviaparkning modernizatsiya qilinishi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasiga xalqaro aviatashuvlar bozorida respublikaning manfaatlarini munosib tarzda namoyish etish, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, xususan, ichki va tashqi turizm sohasini rivojlanishiga imkon yaratadi, va albatta, milliy aviakompaniyaning taraqqiyot yo‘lida yangi bosqichni boshlab beradi.

Milliy aviakompaniyaning ikkinchi Airbus A320neo avialayneri O‘zbekistonga yetib keldi

Milliy aviakompaniyaning Airbus A320neo avialayneri O‘zbekistonga yetib keldi

“Termez” xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yangi tarix ko‘zgusida

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yuksak mavqe va mas’uliyat

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK navbatdagi terminalni ishga tushirdi

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yangi uchib kelish terminali ishga tushirildi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yana bitta "Boeing-787 Dreamliner" samolyotini qabul qildi

28-yanvar -“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil topgan kun

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi: mustaqillik qanotlarida

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

"O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi: yuksak mavqe va taraqqiyot sari ishonchli qadam

"O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi - 25 yil:Buyuk tarix va kеlajakka ishonchli nigoh

"O‘zbekiston Drimlaynerlarida - to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nyu-Yorkka

«O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining ikkinchi BOEING 787-8 Dreamliner samolyotini tantanali kutib olish

"Orzu layneri" - O'zbekistonda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi A320 samolyoti trenajori - Full-flight-simulyator ishga tushishi munosabati bilan brifing

O’zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yuqori nufuz va taraqqiyotga ishonchli qadam

«O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil topganligining 24 yilligi va «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida samolyotlarning kompozit matеriallarini ta'mirlash Markazining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir