“Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning joriy yilning toʻqqiz oyi mobaynidagi faoliyati natijalariga bagʻishlangan MAK Kengashi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning joriy yilning toʻqqiz oyi mobaynidagi faoliyati natijalariga bagʻishlangan navbatdagi MAK Kengashida moliyaviy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari tahlil qilindi, tarkibiy korxonalarning va obyektlarning kuzgi-qishki mavsumga tayyorligiga baho berildi hamda boshqa bir qator joriy masalalar muhokama qilindi.

2016-yilning 9 oyi natijalariga koʻra  aviakompaniya havo kemalari tomonidan 16 692 qatnov bajarilib, 1 882 ming yo‘lovchi manziliga yetkazildi, bu 2015-yilning 9 oyiga nisbatan 95 foizni tashkil qildi: uzoq xorij mamlakatlari boʻyicha - 100, 8 foiz, yaqin xorij mamlakatlari boʻyicha-   95,8 foiz, respublika ichida - 85,6 foiz. Yoʻlovchi oʻrindiqlarining bandligi - 74,54 foiz, tijorat yuklamasi - 55,57, bitta qatnovga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yo‘lovchi yuklamasi – 113 yoʻlovchini tashkil qildi. Oʻzbekistonga/dan yoʻlovchi aviatashuvlari bozorida ilgarigidek “Oʻzbekiston havo yoʻllari” yetakchi oʻrinni egallab turibdi.

MAK yuk samolyotlari bilan 734 qatnov bajarildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 46 ta qatnovga koʻp, 30,6 ming tonna yuk tashildi -bu 2015-yilning 9 oyiga nisbatan 98,4 foizni tashkil qiladi. “Navoiy” aeroportidan  Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay, Tehron, Bishkekka muntazam asosda yuk qatnovlari bajarilmoqda, ushbu yoʻnalishlarda 27 ming tonna yuk tashildi, Shitszyachjuanga muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasi ishlab chiqilmoqda.

MAK  "Air Europa" aviakompaniyasi bilan elektron hujjatlarni oʻzaro tan olish boʻyicha va "Atlas Global Airlines" bilan  MITA Cargo doirasida koʻp tomonlama Interlayn kelishuv, shuningdek  "Silk Way West Airlines" va "Silk Road Cargo Business" aviatashuvchilari bilan ikki tomonlama Interlayn kelishuvlarni imzoladi. "Сибирские авиалинии" va  "Белавиа" aviakompaniyalari bilan “Kod Sher” kelishuvlar imzolandi, "Air Baltic", "Korean Air", "Malaysian Airlines", "Уральские авиалинии" bilan kod-shering doirasida hamkorlik davom etmoqda.

Turizmni rivojlantirish, xorijda oʻzbek turizm yoʻnalishini ommalashtirish va respublikaga xorijiy sayyohlarni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. MAK mutaxassislari Ispaniya, Isroil, Rossiya, Germaniya, Fransiyadagi xalqaro  turistik koʻrgazmalarda ishtirok  etishib, MAK xizmatlarini namoyish etishdi va  Malayziya, Singapur, Indoneziyada Road-showlar oʻtkazishdi.

MAK BDning aviakompaniyaning  tarkibiy bo‘linmalari va obyektlarini kuzgi-qishki  mavsumda ishlash uchun tayyorlash boʻyicha  buyrugʻiga muvofiq  shaxsiy tarkibni, havo kemalarini tayyorlash, yerdagi asbob-uskunalar va parvozlarni radiotexnik vositalar bilan ta’minlash boʻyicha tadbirlar amalga oshirildi. Bunda aerodromlardagi maxsus mashinalarning va havo kemalariga muzlab qolishga qarshi ishlov berish boʻyicha mashinalarining tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Umuman olganda MAK boʻlinmalari 2016-2017 yilgi kuzgi-qishgi navigatsiyaga tayyor.

MAK Kengashi  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qonunlari, farmonlari, qarorlarining bajarilishi, ularni maqsadli oʻrganish  boʻyicha  ijro intizomini monitoring qilish tizimi, hukumat qarorlarining bajarilishini nazorat qilish holatini tahlil qildi. Shuningdek samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish holati va "Uzbekistan Airways Technics" aviakorxonasi oldiga quyilgan vazifalar koʻrib chiqildi. "UAT" AK texnik bazasi eng murakkab va mashaqqatli reglament ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan  yetarli miqdordagi malakali xodimlar, yer usti asbob- uskunalari  va vositalari bilan ta’minlangan. Uning ishlab chiqarish quvvatlari MAK da ekspluatatsiya qilinadigan samolyotlarga barcha turdagi texnik xizmatlarni koʻrsatishga imkon beradi. Aviakorxonaning ekipajlar tarkibida parvozlarni bajaradigan mutaxassislari parvozlar xavfsizligining zarur darajasini va xorijiy aeroportlarda HK soz holatda boʻlishini ta’minlaydilar. Oʻzbekiston aeroportlari xodimlari Boeing-787 samolyotlariga muzlab qolishga qarshi ishlov berish boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtadilar. Hozirgi paytda Dreamliner HK TXvaT ni oʻzlashtirish ishlari davom etmoqda, joriy yilning noyabr oyi oxirlarida oʻtkazilishi moʻljallanayotgan  birinchi 1А-check ni bajarishga tayyorgarlik bormoqda.  Yigʻilishda shuningdek  “Nukus”, “Qarshi'” va “Termiz” aeroportlari direktorlarining  “front-layn” xodimlarining  umumiy va aviatsion ingliz tilini bilish darajasi holati haqidagi hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilingach, MAK Kengashi keyingi davrda jamoa uchun ustuvor vazifaga aylanishi lozim boʻlgan aviakompaniya faoliyati samaradorligini oshirish va yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishishga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qildi.