«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Airbus A320neo - eng zamonaviy avialayner ekspluatatsiyasini boshlaydi

2019-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi parki iqtisodiy jihatdan  samaradorligi yuqori bo‘lgan birinchi Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi.

Ushbu laynerikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot  yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.

Iqtisodiy samaradorligi yuqori avialaynerning parvoz masofasi 4,5 mingdan 5 ming kilometrgacha uzaytirilganligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga butun Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida  yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratadi. Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimlari, shuningdek, samolyot sahnida havoni sofligini saqlash va to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimi parvozdan o‘zgacha zavq olishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ikkita Airbus A320neo samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2017-yilda MAK rivojlanish strategiyasi hamda aviaparklarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq imzolangan edi. Shu oyning oxirida esa, ikkinchi samolyotning keltirilishi kutilmoqda.

Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi zamonaviy samolyotlardan iborat aviaparkka ega bo‘lib, aviatashuvchining barcha qatnovlari dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari – “Airbus” va “Boeing” kompaniyalarining Boeing-757/767, Boeing-787-8 Dreamliner, Airbus A320 havo kemalari hamda Boeing-767-300BCF yuk samolyotlarida amalga oshirilmoqda.

MAK Axborot xizmati

е-mail: uzairsmi@uzairways.com