“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK: 2018-yildagi asosiy voqealar solnomasi

Yanvar

  • Respublikaning barcha aeroportlarida yo‘lovchilar logistikasini yaxshilovchi hamda bojxona rasmiyatchiligini soddalashtiruvchi ikki yo‘lakli tizim (“qizil” va “yashil”) ishga tushirildi.
  • MAK xalqaro qatnovlarida oldindan joy tanlash va bron qilish xizmatlari joriy etildi.
  • Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar kiritildi va aviachiptalar pasaytirildi.
  • Poytaxt aeroporti o‘ta muhim va toifalangan ob’yektlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qilish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan xavfsizlik talablariga rioya qilgan “Eng ilg‘or o‘ta muhim ob’yekt” sifatida etirof e’tildi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tashkil topganligining 26 yilligini nishonladi.

Fevral

  • "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Buyuk Britaniya Mustaqil sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi (AITO) a’zosi bo‘ldi.
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida havo qatnovini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatni delegallashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.
  • MAK birinchi marta Bangkok (Tailand) shahridagi “Thai Internetional TravelFair-2018” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida o‘z xizmatlarini taqdim etdi.

Mart

  • MAK qatnovlarida biznes-klass yo‘lovchilari uchun yangi dizayndagi va tarkibdagi yo‘l to‘plamlari taklif etildi.
  • Toshkent-Ostona-Toshkent yo‘nalishidagi to‘rtinchi muntazam qatnov kiritildi.
  • Rimdan Urganch shaxriga muntazam qatnovlar amalga oshirila boshlandi.
  • Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi tariflar darajasi pasaytirildi.
  • Toshkent-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar kiritildi.

Aprel

  • Milliy aviakompaniyaning Frankfurtdagi vakolatxonasi o‘zining 25 yillik yubileyini nishonladi.
  • Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi muntazam qatnovlar soni oshirildi, qo‘shimcha ikkinchi qatnov kiritildi.

May

  • Il-114-100 samolyotlari tijoriy ekspluatasiyadan chiqarildi.
  • Istambul shahriga qatnovlar soni haftasiga 7dan 9 marotabagacha ko‘paytirildi.
  • Fuqaro aviatsiyasi havo kemalari sahnida servis va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladigan "Sky Service" III Xalqaro Forumida "O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining bortkuzatuvchilar jamoasi "Yil jamoasi" nufuzli tanlovining kubogini qo‘lga kiritdi, Ra’no Bobobekova esa "Yilning eng yaxshi bortkuzatuvchisi" deb tan olindi.
  • MAK aviaparki uchinchi Boeing 787 Dreamliner samolyotining ekspluatasiyasini boshladi.
  • MAK 2017-2018-yillar kuz-qish mavsumi natijalariga ko‘ra Sochi aeroportidan jadvaldan kechikishsiz eng ko‘p xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan eng punktual aviakompaniya deb e’tirof etildi.
  • Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar soni haftasiga 3tadan 4tagacha oshirldi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘quv-mashq markazi ochilganiga 75 yil to‘ldi.
  • MAKning Bankok (Tailand)dagi vakolatxonasi o‘zining 25 yilligini nishonladi.
  • MAKning Toshkendan Nyu-Yorkka to‘rtinchi muntazam qatnovi kiritildi.

Iyun

  • Toshkent-Qozon-Toshkent yo‘nalishining ekonom klass tariflari darajasi pasaytirildi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi AO “Krasnodar” xalqaro aeroporti “Krasnodar o‘lkasining aviatashuvlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi” uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
  • Toshkent-Voronej-Toshkent yo‘nalishidagi ikkinchi muntazam qatnovi kiritildi.
  • “Urganch” xalqaro aeroporti 2017-yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyasida g‘alabani qo‘lga kiritib, yana bir bor “MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport” tanlovining laureatiga aylandi.
  • “Buxoro” xalqaro aeroporti 2017-yil natijalariga ko‘ra Moskva shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovning “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport” naminatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
  • Samarqand-Qozon-Samarqand va Farg‘ona-Qozon-Farg‘ona yo‘nalishlardagi xalqaro qatnovlarning ekonom klass tariflari darajasi pasaytirildi.
  • Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida xalqaro yo‘nalishlarda uchib keluvchi yo‘lovchilar uchun yangi terminal ishga tushirildi.
  • Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi ikkita qo‘shimcha qatnovi kiritildi.
  • Toshkent-Rostov-Don-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni ko‘paytirildi.
  • Toshkent-Mineralniye-Vodi-Tashkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni ko‘paytirildi.
  • Toshkent-Riga-Toshkent yo‘nalishining ekonom klass tariflari pasaytirildi.
  • MAKning Parij (Frantsiya)dagi vakolatxonasi 20 yillik yubileyini nishonladi.

Iyul

  • “Nukus” xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ishga tushirildi.
  • O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi 2018-yil iyun oyi natijalariga ko‘ra “Domodedovo” aeroporti tomonidan eng punktual aviatashuvchi deb topildi.
  • “Novoiy” xalqaro aeroportining “Navoiy” yuk terminali hududida xalqaro pochta almashinuvi joyi (XPAJ) ishga tushirildi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Rossiyada o‘tkazilgan FIFA 2018 Jahon Chempionati mobaynida Meksika, Angliya, Kolumbiya terma jamoalari hamda Fransiya va Polsha muhlislarining rasmiy tashuvchisi bo‘ldi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 29-iyuldan 1-avgustgacha Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan NETWORK 2018 forumida aviamarketing sohasidagi yutuqlari uchun Yevroosiyo mukofoti “MARKETING AWARDS 2018” bilan taqdirlandi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Yoz 2017” va “Qish 2017/2018” mavsumlarida “Qozon” aeroportiga/dan muntazam qatnovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgani uchun “MDH va uzoq xorij davlatlari aviakompaniyalari” nominatsiyasida eng punktual aviatashuvchi sifatida e‘tirof etildi.

Avgust

  • “Urganch” xalqaro aeroportida qayta ta’mirlashdan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘laklari ishga tushirildi.

Sentyabr

  • Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida chorshanba kunlari qo‘shimcha qatnovi kiritildi.
  • MAK O‘quv-mashq markazida uchuvchilarni dastlabki tayyorlov o‘quv kurslariga hujjat qabul qilish boshlandi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘quv-mashq markazi Trenajyor majmuasida “Flame-Aviation” kompaniyasiga tegishli “V9000 Commander” yangi noyob yong‘in o‘chirish trenajyori ishga tushirildi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlarini joriy etdi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK "Markaziy Osiyo transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollai va foydalanilmagan imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etdi. Aviakompaniya mazkur anjumanning asosiy ishtirokchilaridan bo‘lib, anjuman doirasida aviakompaniya fuqaro aviatsiyasi boʻyicha sektsion yigʻilishni oʻtkazdi.

Oktyabr

  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi tomonidan turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Jiddaga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshladi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Ko‘p yillik hamkorlik” nominatsiyasida “Ipak yo‘lida turizm” - Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasining diplomi bilan taqdirlandi.
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga bajariladigan barcha qatnovlari “Domodedovo” xalqaro aeroportidan “Vnukovo” xalqaro aeroportiga o‘tkazildi.
  • Qishki mavsumda Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar haftasiga ikki martaga ko‘paytirildi.

Noyabr

  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Mumbayga birinchi qatnovni amalga oshirdi.
  • MAKning Istambul (Turkiya)dagi vakolatxonasi 25 yillik yubileyini nishonladi.
  • Namangan-Sankt-Peterburg-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlar qayta tiklandi.
  • Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishlaridagi tariflar darajasi pasaytirildi.
  • MAK qatnovlarida aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga Master Card to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Avval mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan.
  • MAK Birinchi xalqaro investitsion forumning ishida ishtipok etdi.

Dekabr

  • Uzbekistan Airways yo‘lovchi tashuvlari sonini 3 millionga yetkazdi.