“O’zaviatexta’minot” moddiy – texnik ta’minot majmuasi Davlat unitar korxonasi

“Oʻzaviatexta’minot” moddiy – texnik ta’minot majmuasi DUK “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining tarkibiy boʻlinmalaridan biri boʻlib, aviakompaniyaning moddiy-texnik ta’minoti bilan shugʻullanadi. Korxona 1998-yilda MAK Kengashining 1998-yil 09-yanvardagi qarori va MAK BD 1998-yil 11-fevraldagi 59-buyrugʻi asosida “Oʻzaviatexta’minotsavdo” bazasida tashkil etilgan.

“Oʻzaviatexta’minot” moddiy –texnik ta’minot majmuasi xoʻjalik subyekti hisoblanadi va quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Zarur aviatexnika va tovar-moddiy boyliklarini xarid qilish uchun buyurtmalarni tezkorlik bilan va oʻz vaqtida rasmiylashtirish va joʻnatish;
  • Gʻarbiy va sharqiy flot HK uchun agregatlar va bloklar ta’mirlanishini tashkil etish;
  • Talab etiladigan aviatexnika va tovar-moddiy boyliklarini yetkazib berishning optimal shartlari va yetkazib beruvchilarni aniqlash, aviatexnika va tovar-moddiy boyliklarini xarid qilish va ta’mirlash yuzasidan shartnomalarni tayyorlash;
  • aviatexnika va tovar-moddiy boyliklarini oʻz vaqtida olish va iste’molchilar hamda buyurtmachilarga joʻnatish;
  • aviatexnika va tovar-moddiy boyliklarini hisobga olish, saqlash va iste’molchilarga berish;
  • olinadigan va joʻnatiladigan aviatexnika va tovar-moddiy boyliklarini bojxonada rasmiylashtirish.

Korxonada ISO 9001:2008talablariga javob beradigan (sertifikatning roʻyxatdan oʻtish raqami 20.12.2013 (20.12.2013-yildagi) sifat menejmenti tizimi joriy qilingan va qoʻllanilib kelinmoqda.

“Oʻzaviatexta’minot” moddiy –texnik ta’minot majmuasi mutaxassislari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Oʻquv mashq markazi bazasida, Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida va xorijiy oʻquv markazlarida tayyorgarlikdan oʻtadilar.

Pochta manzili –100167, Oʻzbekiston, Toshkent sh., Aeroport

Bogʻlanish uchun:

MTTM direktori: Alimxodjayev R.D.

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Juma 15:00 dan 17:00 gacha

Telefon: ( +99871) 254-85-51, 255- 05-51

E-mail: Ravshan.Alimkhodjaev@uzairways.com

MTTM direktori oʻrinbosari: Panov A.V.

Telefon: (+99871) 254-26-87, 255-35-24

E-mail: uzblog_peo@uzairways.com

MTTM direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari: Tashxodjayev N.A.

Telefon: (+99871) 255-71-49