“O‘zaeronavigatsiya” Markazi (O‘ANM)

1991-yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tarkibida havodagi kenglikdan foydalanish va havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha “O‘zaeronavigatsiya” Markazi(O‘ANM) korxonasi tuzildi. Uning paydo bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida yangi davrni nishonlash, O‘zbekistonning barcha hududlarida havodagi harakatni boshqarish (HHB) tizimini rivojlantirish va zamonaviylashtirishni yagona, aniq bir maqsadga qaratilgan siyosatini o‘tkazishga imkon yaratdi.

Tashkil topishning birinchi kunidan boshlab O‘ANM ishida eng muhim birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan narsa - havodagi harakat xavfsizligi va muntazamligini ta’minlashdan, aeronavigatsion xizmat ko‘rsatish sohasida sifatli xizmatni taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

HHB tizimini ishonchli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida O‘ANM tarkibiga Parvozlarni radiotexnik ta’minlash majmuasi (PRTTM) kiritildi, bu IKAO xalqaro standartlariga muvofiq radiotexnika asbob-uskunalarini zamonaviylashtirish va havodagi harakatni tashkil etish sohasida yangi texnologiyalarnijoriy qilish yo‘nalishini olish imkonini berdi. Shu munosabat bilan, 1994-yilda Milliy aviakompaniya va fransuz TOMSON-CSF firmasi o‘rtasida O‘zbekistonning havodagi harakatni boshqarish tizimini zamonaviylashtirishga Kontrakt tuzildi (I-Faza). Qisqa muddatlarda xalqaro Toshkent aeroportida Toshkent havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan Markazining binosi barpo etildi, zamonaviy radiolokator o‘rnatildi. 1996-yil dekabr oyidan boshlab yangi majmua ekspluatatsiyaga tushirildi.

O‘sha tuzilgan Kontrakt doirasida (I I-Faza) Termiz va Nukusda radiolokatorlarni, Urganch va Tamdi-Buloqda hamma tomonlama yo‘naltiruvchi VOR/DME radio mayoqlarini o‘rnatish bilan bir qatorda, an’anaviy radiotexnika vositalari kabi sputnikga oid texnologiyalari joriy qilindi. Hozirda sputnik aloqa tizimi HHB Toshkent avtomatlashtirilgan markaziga radiolokatsion ma’lumotni uzatishni na faqat O‘zbekiston Respublikasi, hattoki chegaradosh davlatlarning havodagi kengliklaridagi vaziyatni kuzatish imkonini bermoqda.

Bugungi kunda havodagi harakatni boshqarishning Toshkent Markazi har kuni 100 ortiq samolyotlar harakatini ta’minlaydi.

Radiotexnika asbob-uskunalarini ahamiyatli bo‘lgan yangilanishi Samarqand, Buxoro, Urganch xalqaro aeroportlarida ham amalga oshirildi. Havodagi harakatni boshqarishni yangi zamonaviy mini-markazlari, aerodrom radiolokatorlari, dispetcherlik tovush chiqarishga oid va radioaloqa bilan va havodagi vaziyatni aks ettiruvchi sistemalari bilan jihozlanib qurildi va ekspluatatsiya qilishga tushirildi.Aeroportlarni zamonaviylashtirish va ularni hozirgi kun talablariga javob beradigan asbob-uskunalar bilan jihozlashda quyidagi HHB tizimini yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilari, tender tanlovini o‘tib shug‘ullandilar: SIEMENS (Germaniya), ALENIA (Italiya), THOMSON (Fransiya), ALKATEL (Germaniya).

O‘zbekiston hududlarida o‘rnatilgan, har bir asbob-uskunalarining turlari bo‘yicha Fransiya, Germaniya, Italiya i AQSHning ishlab chiqaruvchi-zavodlarida mutaxassislarni o‘qitish ishlari o‘tkazildi.

Texnika vositalarini zamonaviylashtirish O‘zbekistonning aeronavigatsion tizimini IKAO amaliyotida tavsiya qilinadigan asosiy talablari va standartlariga o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini beradi.

O‘ANM faoliyatini yo‘nalishi

“O‘zaeronavigatsiya” Markazining havodagi harakatini tashkil etish va xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha asosiy faoliyatining yo‘nalishi quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasining havodagi kengliklarida havodagi harakatlarni xavfsizligi, muntazamligi va tejamliligini ta’minlash;
  • havodagi kemalar parvozlarini radiotexnik ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining havodagi kengliklaridan foydalanuvchilar ehtiyojlarini maksimal qondirish;
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bo‘linmalarini korporativ telefon aloqasi va elektr aloqasi bilan ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasining havodagi kengliklaridan foydalanishni boshqarishni yagona tizimini takomillashtirish;
  • aeronavigatsion ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Yuqorida qayd etilgan, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha, O‘ANM xizmatlarini taqdim etilishi doirasida ko‘rib chiqiladigan, NOTAM e’lon qilinishi va DANI tuzilishi va taqdim etilishi, aeronavigatsion ma’lumotlarni saralashni, tahlil qilishni va formatlashni o‘z ichiga oluvchi, aeronavigatsion ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi.

Resurslari

O‘ANM rahbariyati quyidagi iste’molchilar talablarini qondirish va jarayonlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarini aniqladi va ta’minladi:

  • Insoniy resurslar;
  • O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aerodromlari va havodagi kengliklaridan foydalanish to‘g‘risidagi aeronavigatsion ma’lumotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun
  • zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni va dasturli ta’minotni;
  • Tegishli bo‘lgan ofisga oid asbob-uskunalarni, xabar berish va aloqa vositalarini;
  • Tegishli bo‘lgan xonalarni, binolarni va muhandislik, kommunikatsion va xizmat ko‘rsatish inshootlarini;
  • Axborot resurslarini, me’yoriy va ma’lumotlar beruvchi boshqa hujjatlarni.

Hamkorlikda ishlash, zamonaviylashtirish va xavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha

Bugungi kunda aviatorlar murakkab sharoitlarda parvozlarni bajarishga qodir ,bu imkoniyatni esa yerdagi navigatsion xizmatlari ta’minlab beradi. Aeronavigatsiya shunday kamolotga erishdiki, u jahon statistikasini ta’kidlashicha, avtomobil va temir yo‘llarini orqada qoldirib, transport vositalari qatorida aviatsiya xavfsizligini eng yuqori darajasiga olib chiqdi.

Aeronavigatsiyaning har qanday markazini ishida eng muhim birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan narsa - aeronavigatsion xizmat ko‘rsatish sohasida sifatli xizmat ko‘rsatish, havodagi harakatni muntazamligi va xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

“O‘zaeronavigatsiya” Markazining O‘zbekistonlik mutaxassislari qo‘llarini vaqt pulsida ushlaydilar, ular jahonda ro‘y beradigan ularning faoliyatiga tegishli sohadagi barcha yangiliklar va o‘zgarishlardan xabardorlar. Ular xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadilar, ICAO a’zolari, “Yevraziya” Koordinatsion kengashining a’zolari bo‘lib hisoblanadilar. Doimiy axborotlar almashuvi o‘zbek mutaxassislarini boshqa ko‘pgina davlatlarning hamkasblari bilan o‘zaro bog‘lab turadi.

Shu yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Davavianazoratida Aeronavigatsion Axborotlar Xizmatida (AAX) sifat tizimini joriy qilish bo‘yicha ICAO o‘quv seminari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar ICAO parvozlari va standartlarini, Aeronavigatsion Axborotlar Xizmatidan (AAX) Aeronavigatsion Axborotlar Boshqaruviga (AAB) o‘tishning bog‘liqligi bilan, ta’minlash sohasida sifat tizimini joriy qilish bo‘yicha ICAO regional rejasiga muvofiq o‘tkazildi.

Seminar ishida Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozoqiston, Qirg‘iziston, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, O‘zbekiston i Ukraina aviatsion ma’muriyati va aeronavigatsion xizmatlarining vakillari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasini O‘ANM Aeronavigatsion Axborotlar Xizmati, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Bosh inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davavianazoratining mutaxassislari taqdim etdilar.

O‘quv mashg‘ulotlarini ICAO Regional byurosi, Yevronazorat va «Djepessen» firmasining ekspertlari o‘tkazdilar. Tilshunoslikka oid madadni HHB bo‘yicha Goskorporatsiya tashqi aloqalar Departamenti (Rossiya) va Yevropa ICAO byurosining mutaxassislari amalga oshirdilar.

Seminar dasturga AAXda aeronavigatsion ma’lumotlarni ishlanish tartiboti va jarayonlarini kompleks tashkil etish masalalari, ISO standartlari va “Aeronavigatsion axborot xizmati” Chikago konvensiyaining 15-sonli Ilovasi standartlarni joriy qilish masalalari kiritilgan edi.
Shuningdek ICAO va Yevronazoratning aeronavigatsion axborotlar sifatini, AAXda statistikaga oid va dinamik ma’lumotlarni ishlanish sifatining masalalarini, aeronavigatsion kartalarni tuzish vaqtidagi sifat masalalarini va boshqa ko‘pgina narsalarni yaxshilash bo‘yicha tashabbuslari muhokama qilindi.

Seminar tugagach ishtirokchilarga ICAO Yevronazorat regional byurosining, ularga na faqat aeronavigatsion axborotlar xizmatidagi sifat tizimini joriy etilishini amalga oshirish, balki parvozlarni ta’minlovchi boshqa xizmatlarda ham amalga oshirish imkonini beruvchi sertifikatlar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning barcha hududlarida havodagi harakatni boshqarish (HHB) tizimini rivojlantirish va zamonaviylashtirishni aniq bir maqsadga qaratilgan siyosatini amalga oshira borib “O‘zaeronavigatsiya” Markazining mutaxassislari 2010-yilda havodagi harakatni boshqarish va aks ettirish tizimlarini, obyektiv nazorat vositalarini sezilarli yangilanishini davom ettirdilar. «ASK-RLS» aeronavigatsion vositalarini avtomatlashtirilgan tizimining nazorati joriy qilinmoqda.

Hech kimga sir emaski, dispetcherlar, havodagi kemalarning ekipajlari va boshqa obunachilar bilan o‘zaro magnitofon yozuvini olib borilishi, barcha ishtirokchilarni harakatlari to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, magnitofon yozuvi alohida bo‘lgan dispetcherni, bir butun smena ishini muhokamasi va tahlil qilish ishlarini o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi.

Организация и проведение контрольных прослушиваний радиообмена экипаж ВС – диспетчер и громкоговорящей связи осуществляется в целях контроля соблюдения экипажами ВС, диспетчерским составом и специалистами служб обеспечения полетов требований нормативных документов по обеспечению полетов и ОВД, контроля состояния средств связи.

Obyektiv nazorat vositalarini zamonaviylashtirish jarayonida 2010-yilda Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Nukus, Toshkent – Vostochniy, Sergeli va qo‘shimcha ravishda HHB AT Toshkent Markazi aeroportlarida eski magnitofonlar o‘rniga Xalqaro aviatsion qo‘mitasining (XAQ) sertifikatiga ega bo‘lgan ZAO «Peleng» (Rossiya, Sankt - Peterburg) ishlab chiqargan «SMAR-T» raqamli magnitofonlari – ma’lumotlarni avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘p kanallik yangi sistemasiga almashtirilishi amalga oshirildi.

Bu zamonaviy raqamli asbob-uskuna (telefonlar, radiostansiyalar) tovush chiqarishga oid ma’lumotlarni yozish bilan bir qatorda radiolokatsion ma’lumotlarni (“ishlov berilmagan video”, birlamchi va ikkilamchi radiolokatsion stansiyalarni, radiopelengatorlarni) ham yozish imkonini beradi, bu havodagi kemalar ekipajlarini va dispetcherlar tarkibi harakatlarini operativ ravishda muhokama qilish, hamda uchishga oid hodisalarni o‘tkazish vaqtida birlashtirilgan yozuvdan foydalanish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida HHB Markazlarini zamonaviylashtirish yangi zamonaviy aks ettirish va havodagi harakatni boshqarish tizimlarini o‘rnatish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda, bu havodagi harakatni boshqarish vaqtida parvozlar xavfsizligi darajasini jiddiy ravishda ko‘tarmoqda. 2010-yilda Namangan, Termiz, Qarshi, Nukus aeroportlarining HHB Markazlarini havodagi harakatni boshqarish dispetcherlik punktlarida ZAO «Peleng» (Rossiya, Sankt-Peterburg) ishlab chiqargan «Master» HHB dispetcherining avtomatlashtirilgan ish joylari o‘rnatildi.

Xalqaro aviatsion qo‘mitasi (XAQ) sertifikatiga ega bo‘lgan, «Master» HHB dispetcherining avtomatlashtirilgan ish joyi, mahalliy aerodromlarga oid va rayon dispetcherlik punktlarini ish joylarida radiolokatsion, pelengatsion, kartografik, meteorologik, planli va ma’lumotlarga oid axborotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bu ikkilamchi obzorli kuzatish imkonini beruvchi aerodromning radiolokatoridan radiolokatsion axborot bo‘yicha qo‘nishga kirish xavfsizligini nazorat qilish imkonini beradi. HHB AT Toshkent Markazida esa «Master» avtomatlashtirilgan ish joyi «Eurocat-200» asbob-uskunasini «by-pass» rezerv tizimi sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

HHB AT Toshkent Markazida radiolokatsion axborotlar sifatini muntazam baholashning hisobi evaziga radiolakotsion tizimlarning ekspluatatsion tayyorligini saqlash va mustahkamligini ta’minlash, hamda parvozlarni kerakli bo‘lgan xavfsizlik darajasiga erishish uchun “Peling” ZAO (Rossiya, Sankt- Peterburg) ishlab chiqargan “ASK-RLS” radiolokatsion vositalarini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi o‘rnatildi va faoliyat ko‘rsatishga joriy qilindi. “ASK-RLS” asbob-uskunalari Havodagi Harakatni Boshqarishni ta’minlashga nazorat ostidagi vositalarni ayni vaqtdagi tayyorligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ularni asosiy tavsiflarini yomonlashishi to‘g‘risidagi darajasini aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining havodagi kengliklarini qoplovchi, yagona radiolokatsion maydonini o‘lchamlari parametrlarini baholash va radiolokatorlarni texnikaviy -taktik tavsiflarini avtomatik tarzda real miqyos vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Buyumda radiolokatsion vositalarini uchish tekshiruvlarining jarayoni avtomatlashtirilgan. “ASK-RLS” asbob-uskunalari quyidagi radiolokatsion manbalari bilan biriktirilgan: trassaga oid radiolokatsion majmuasi «Trac-2400/RSM-970», Toshkent aeroportining «Star-2000» aerodromga oid kuzatish imkonini beruvchi radiolokatori, Toshkent, Nukus, Termiz, Navoiy aeroportlarining «Krona» ikkilamchi monoimpulsli radiolokatorlari. «ASK-RLS» buyumlari Rossiya Federatsiyasi, MDH davlatlarining aeroportlarida va ko‘pgina Havodagi Harakatni Boshqarishning Markazlarida o‘rnatilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, texnika vositalarini zamonaviylashtirilishi O‘zbekistonning aeronavigatsion tizimini IKAO amaliyotida tavsiya qilinadigan asosiy talablari, standartlariga javob berishini, hamda “O‘zaeronavigatsiya” Markazining muhim masalalarini hal qilish – aeronavigatsion xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha milliy majburiyatlarni bajarish imkonini bermoqda.

Direktor: Ashurov A.H.

Manzil: Toshkеnt, 100167, Lokomotivnaya ko‘chasi, 13.

e-mail: uzaeronav@uzairways.com

tel: (+99871) 140-27-19