O‘quv-mashq markazi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘quv-mashq markazi Davlat unitar  korxonasi O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha asosiy o‘quv muassasasi hisoblanadi.

O‘quv-mashq markazi fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari, bortkuzatuvchilari, shuningdek aviakompaniya parvozlarini boshqarish  markazlari va parvozlarni aeronavigatsiya ta’minoti xizmatlari uchun parvozlarni ta’minlash bo‘yicha xodimlarni dastlabki tayyorlashni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati tomonidan ma’qullangan malaka oshirish kurslari IKAO va IATA standartlariga qat’iy rioya etilgan holda olib boriladi. 

O‘quv-mashq markazi zamonaviy trenajyor komplekslariga ega. Protsedura (Virtual Procedure Trainer) va to‘la funksiyali trenajyorlarda (Full Flight Simulator Level D) mashg‘ulotlar haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat o‘tkaziladi.

Murakkab trenajyor asbob-uskunalarining ishga shaylik darajasi 99,7% gacha bo`lishi ta’minlanadi.

O‘quv-mashq markazi binosi ikkita korpusdan iborat.

Ma’muriy-o`quv korpusi – rivojlangan o`quv-maishiy infratuzilmaga ega  besh qavatli bino

46 auditoriya – har biri 20 tinglovchiga mo`ljallangan.

100 kishilik majlislar zali zamonaviy ma’ruza va multimediya asbob-uskunalari bilan jihozlangan.

Imtihon olinadigan xonalar og`zaki, yozma imtihon o`tkazish imkoniyatiga ega, shuningdek personal kompyuter yordamida test sinovlari o`tkazish imkoniyatiga ega, bir vaqtning o`zida bir necha joydan videokuzatuv olib borish, video va audio yozib oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan

Xorijiy tillarni samarali o`zlashtirish uchun lingafon xonalari.

Trenajyor majmua – aviatsiya xodimlarini amaliy tayyorlash uchun zamonaviy standartlar bo`yicha maxsus loyihalashtirilgan alohida bino.

Protsedura tranajyorlari - Virtual Procedure Trainers:

Airbus procedure trainer A320 (APT Airbus 320 produced by “CAE” Canada);

Virtual procedure trainer (VPT Boeing 767 produced by “Aerosim” USA);

To`liq funksiyali trenajyorlar - Full Flight Simulators produced by “CAE Inc.”, Canada:

Boeing 767 SERIES 6000XR, Full Flight Simulator Level D, Engines PW4060 (Qualification Standard FAA AC 120-40A requirements for a Phase III flight simulator and ICAO Doc 9625 3rd Edition Level VII);

Airbus 320 SERIES 7000XR, Full Flight Simulator Level D, Engines CFM 56-5B4 (Qualification Standard ICAO Doc 9625 3rd Edition Level VII);

IL-114-100 HK to`liq funksiyali trenajyorlari, “Ilyushin” konstruktorlik byurosi bilan hamkorlikda yagona nusxada tayyorlangan.

Uchuvchilar kabinasi interfeysi "Rockwell Collins"da ishlab chiqarilgan PW127 dvigatelli avionikaga to`liq mos keladi. Hozirgi vaqtda IL-114-100 HK ekspluatatsiyadan chiqarilganligi sababli, trenajyor asosan uchish-metodik va tadqiqot ishlari uchun foydalaniladi.

Yong`inni o`chirish va samolyot ichida tutun chiqqanda harakatlanish ko`nikmasini ishlab chiqish uchun trenajyor: "V9000 Commander™" (produced by "Flame-Aviation", Netherlands). 

Avariya paytida samolyotni tark etish ko`nikmasini ishlab chiqish uchun trenajyor.

Trenajyorlar sertifikatlari

Mashg`ulotlar, ijara va lizingni tashkil etish masalalarida quyidagi manzilga murojaat qilish mumikin:

Email: training_center@uzairways.com

faks: +998 71 255-34-03

Amaliy uchrashuvlar, shaxsiy masalalar bo`yicha fuqarolarni qabul qilish masalalarida quyidagi manzilga murojaat qilish mumikin:

Telefon /faks: +998 71 255-34-03

Email: training_center@uzairways.com

Manzil:

100167, Toshkent sh.,

Qumariq k., 120-uy.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘quv-mashq markazi