Moliyaviy ko’rsatkichlar

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK da 2014-yildagi ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat  natijalari sarhisob qilindi

Natijalarga ko‘ra 2014-yilda MAK avialaynerlarida 23811 qatnov bajarilgan, uzoq xorij mamlakatlariga 5821 qatnov, MDH mamlakatlariga – 8973 qatnov, mahalliy havo yo‘llarida – 9017 qatnov bajarilgan.

Milliy aviakompaniyaning  xizmatlaridan 2 mln.625 ming yo‘lovchi foydalangan. Uzoq xorij davlatlariga 807 ming yo‘lovchi tashilgan, MDH mamlakatlariga 1252 ming yo‘lovchi tashilgan, mahalliy yo‘llarda 566 ming yo‘lovchi tashilgan, bitta qatnovga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yo‘lovchi yuklamasi 110 yo‘lovchini tashkil qilgan. Pochta  va pullik bagajni ham qo‘shib hisoblaganda 43 ming tonna yuk tashilgan, 2013 yilga nisbatan o‘sish 4,6 foizni tashkil qilgan.

MAK Kengashi parvozlar xavfsizligi holati va SMT ni, shuningdek IOSA standartlarini amalga tadbiq  etish ishlarining borishini muhokama qildi.

MAK bo‘linmalari va aeroportlari xalqaro sifat standartlari ISO 9001:2008 talablariga muvofiqligi bo‘yicha resertifikatsion auditdan  o‘tdi. Ular orasida – “O‘zaviatexsnab” MTTM, Uchuvchilar majmuasi, OMM, “Ketring” DUK va “O‘zaeronavigatsiya” “Toshkent”, “Buxoro”, “Samarqand”, “Nukus”, “Qarshi”, “Termiz”, “Urganch”, “Andijon”, “Farg‘ona”, “Navoiy”, “Namangan” aeroportlari bor.

MAK kengashida shuningdek “Toshkent”, “Andijon”, “Farg‘ona”, “Namangan” aeroportlari direktorlarining aeroport xodimlarining  aviatsiya qo‘llaniladigan ingliz tilini bilish darajasi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari  va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi tahlil qilindi.

Kun tartibidagi barcha masalalarni ko‘rib chiqqan MAK Kengashi aviakompaniya   iqtisodiy faoliyatini  yanada rivojlantirish, asosiy vazifalarni va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarini aniqlash bơyicha qarorlar qabul qildi.

 

download

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK da joriy yilning 9 oyi uchun ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat  natijalari sarhisob qilindi