"Maxsus aviatsiya ishlari" («MAI» AK)

«Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi («MAI» AK) mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida 1997-yil tashkillashtirilgan.

AN-2 samolyotlarining yo‘lovchi, transport va qishloq xo‘jalik variantlaridagi parkiga egalik qiladi. Samolyot parklari Nukus, Urganch aeroportlari va «Sirg‘ali» aerodromida joylashgan.

AN-2 samolyotlaridan respublika qishloq xo‘jaligida don ekinlarini oziqlantirish bo‘yicha, qishloq xo‘jalik zararkunandalari va chigirtka bilan kurashish, shuningdek paxtani defoliatsiya qilishda aviakimyo ishlarini o‘tkazish uchun foydalaniladi. Har yili havodan turib 150ming gektargacha ishlov beriladi.

AN-2 samolyotlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi. 15 yildan ortiq yangi texnologiyalardan foydalangan holda turli xil vazirliklar va mahkamalarning buyurtmalari bo‘yicha aerofotos’yomka parvozlari amalga oshiriladi.

6 dan 10 gacha o‘rindig‘i bor AN-2 yo‘lovchi samolyotlari parvoz uzoqligi 1000kmgacha bo‘lgan Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishlari bo‘yicha sayyohlik uchib o‘tish uchun, shuningdek Orol dengizi hududiga va boshqa yo‘nalishlarga parvozlar uchun foydalaniladi.

AN-2 samolyotlarida «MAI» aviakompaniyasining uchuvchi-yo‘riqchilari Fuqaro aviatsiyasining Sankt-Peterburg Davlat Universiteti talabalari bilan boshlang‘ich parvoz tayyorgarligi o‘tishni ta’minlaydilar. Bu «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Uchuvchilar majmuasi uchun bo‘lajak uchuvchilardir.

 

«MAI» aviakompaniyasi MI-8MTV -1 vertolyotlari parkiga ham egalik qiladi, qaysiki «Sirg‘ali» aerodromida joylashgan va O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha parvozlarni bajaradi. Ularning qo‘llanish doirasi xilma-xil.

O‘zbekiston Respublikasi FVV va Uzgidromet buyurtmalari bo‘yicha 3500mgacha balandlikda joylashgan meteostansiya ishchilari hayotini ta’minlash, o‘pirilish xavfi bor ko‘llarning monitoringini o‘tkazish, qor qoplamasi kuzatuvini vertolyot ekipajlari amalga oshiradi.

2002-yildan buyon MI-8MTV-1 vertolyoti Toshkent viloyatining Chimgan tog‘i tabiiy chegaralari, Chorvoq suv ombori, Pskem daryosi basseyni uzunasiga tog‘ tizmalari bo‘yicha chanalarda va chang‘ilarda uchish uchun chet el sayyohlari guruhiga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladi.

«Heli-Ski» dasturida O‘zbekistonda Rossiya, Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Chexiya, Daniya, Polsha, va Italiya tog‘ chang‘ichilari ishtirok etadilar. Bu vertolyot va ekipajlardan maxsus tayyorgarlik talab qiladigan ishlarning qiyinroq ko‘rinishlaridan biridir.

Hukumat dasturiga muvofiq O‘zbekistonning barcha regionlarida har yili O‘zR Ichki ishlar Vazirligi liniyasi bo‘yicha giyohvand o‘simliklarni topish va yo‘qotish uchun MI-8 vertolyotlaridan foydalaniladi. «Qora dori» operatsiyasi Respublikada giyohvand moddalar tarqalmasligi kafolatlaridan biridir.

2013-yil «MAI» AK aviaparki O‘zR ichki va chegaradan tashqariga yuk tashishni bajaruvchi IL-76 samolyotlari bilan to‘ldirildi. IL-76 «Toshkent» halqaro aeroporti DUK joylashgan.

«MAI» aviakompaniyasida 600dan ortiq kishi malakali uchuvchilar, muhandis-texnik tarkib va boshqa mutaxassislar ishlaydi.

AN-2 samolyoti va MI-8 vertolyotlarida yillik uchish 11000 keltirilgan soatdan iborat.

«MAI» maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK BK O‘zbekiston

 

 

Telefon: +998(71) 258-05-50
Faks: +998(71) 258-49-22
E-mail:aksar@uzairways.comaksar@rambler.ru

Direktor
Ro‘zmetov Bakbergan Sattarovich +998(71) 120-37-62

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba-juma 08:00 dan 17:00 gacha

DPIT bo‘yicha O‘
Paramonov Konstantin Aleksandrovich +998(71) 258-04-50

DATF bo‘yicha O‘- bosh muh.
Dubrovin Aleksandr Vladimirovich +998(71) 258-48-06-

D RvaAX bo‘yicha O‘
Bek-Bulatov Iskander Rinadovich +998(71) 258-07-52

Bosh buxgalter
Uvarova Galina Pavlovna +998(71) 258-03-46

Bosh iqtisodchi
Yakovleva Tatyana Vyacheslavovna +998(71) 258-89-89

Shtab boshlig‘i
Shakirov Rashid Talgatovich +998(71) 258-05-50

Ich/Yu/manzil:100154, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Rayhon k.
Телефон: +998 (71) 258-05-50
Факс: +998 (71) 258-49-22
Е-mail: aksar@uzairways.comaksar@rambler.ru
HK turlari: AN-2T (YT, Y, Q/X), MI-8MTV-1, IL-76
Joylashuvi: Toshkent, Qarshi, Nukus, Urganch