MAKning yarim yillik natijalari

MAK Kengashida “O’zbekiston havo yo’llari” MAKning 2016-yilning birinchi yarim yilligi faoliyati natijalari sarhisob qilinib,parvozlar xavfsizligi holati tahlil qilindi va bir qator masalalar muhokama etildi

2016-yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko’ra Milliy aviakompaniya havo kemalari bilan 10 671 qatnov bajarilib, 1 mln 176,9  ming  yo’lovchi manziliga yetkazildi. Bitta qatnovga to’g’ri keladigan o’rtacha yo’lovchi yuklamasi  2015-yilning shu davriga nisbatan oshib,  111 yo’lovchidan iborat bo’ldi. Qatnovlar va yo’lovchilar sonining oshishi  uzoq xorij mamlakatlari yo’nalishlarida kuzatilmoqda. Shuningdek yuk tashuvlari hajmi ham ortdi. Hisobot davrida pullik bagaj va pochtani qo’shib hisoblaganda hammasi bo’lib 19,7  ming tonna yuk tashildi, o’sish o’tgan yilning shu davriga nisbatan 107,5 foizni tashkil qildi.

Hisobot davrida aviakompaniya xodimlari soni 14,4 ming kishini tashkil qildi,  MAK tuzilmasida 31 yangi ish o’rni tashkil etish ko’zda tutilgan edi, amalda 46 ish o’rni tashkil etildi, bu belgilangan prognozning 148, 0 ni tashkil etadi.

Turizmni rivojlantirish, xorijda o’zbek turizm yo’nalishini ommalashtirish va respublikaga xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilmoqda. MAKi vakillari O’zbekistondagi turistik kompaniyalar  bilan hamkorlikda  xalqaro  turistik ko’rgazmalarda va  Road-showda ishtirok  etishdi. Respublika hududida aviatashuvlar xizmatlarini sotish bo’yicha 18 ta agentlik kelishuvi, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan MAK yo’lovchi tashuvlarini sotish bo’yicha bir qator Interlayn va Kod-sher kelishuvlar  imzolandi.

MAK Kengashi parvozlar xavfsizligi (PH) holatini, aviakompaniya bo’linmalarida parvozlar xavfsizligini boshqarish  hamda sifat menejmenti tizimini (SMT) , shuningdek IOSA standartlarini joriy etish ishlarining borishini  muhokama qildi. Amal qilish muddati 2019-yilning iyuniga qadar bo’lgan ekspluatant sertifikati olindi, IOSA sertifikatining 2018- yil maygacha  amal qilish muddati tasdiqlandi. Parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida har oy MAK korxonalarida Parvozlar xavfsizligi kunlari, har hafta – PX bo’yicha mas’ul shaxslar bilan  parvozlar xavfsizligi va muntazamligi yuzasidan selektor yig’ilishlar o’tkazilib kelinmoqda. MAKning “Xavflarni boshqarish guruhi”ga kiradigan bo’linmalari mutaxassislari bilan xavf omillarini aniqlash yuzasidan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazildi.

Kengash shuningdek aviakompaniya bo’linmalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar mahkamasining qonunlari, farmonlari, qarorlarining bajarilishi bo’yicha  ijro intizomi holatini tahlil qildi. MAK Xodimlarni boshqarish boshqarmasi boshlig’ining xodimlarni tanlash va tayyorlash bo’yicha ma’ruzasi, “Urganch”, “Samarqand'”, Buxoro” va “Navoiy” aeroportlari direktorlarining xodimlarni umumiy va aviatsion ingliz tilini bilish darajasi holati haqidagi ma’ruzalari tinglandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilingach, MAK Kengashi parvozlar xavfsizligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va   aviakompaniya faoliyati samaradorligi oshirishga   qaratilgan bir qator  qarorlar qabul qildi.