HABA DUK

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Havo aloqalari bosh agentligi” davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish bo‘yicha Bosh agenti hisoblanadi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish bo‘yicha agentlik tarmog‘ining o‘zaro aloqalarini tashkillashtirish;
  • aviatashuvlarni oldindan bron qilish, qayta rasmiylashtirish va sotishni amalga oshirish.

“Havo aloqalari bosh agentligi” DUK O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatashuvlarni sotish bo‘yicha agentlik tarmog‘iga ega, bu yo‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida aviachiptalarni sotib olish imkonini beradi.

Tegishli aviakompaniyalar bilan tuzilgan interlayn-kelishuvlarga binoan agentlik boshqa aviakompaniyalarning turli yo‘nalishlardagi qatnovlariga aviatashuvlarni oldindan bron qilish va sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agentlik tomonidan yoki uning agentlari tomonidan sotiladigan aviatashuvlar elektron aviachipta vositasida rasmiylashtiriladi, bu esa o‘z navbatida yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi.

“Havo aloqalari bosh agentligi” DUK va uning agentlari aviatashuvlarni naqd pulda, shuningdek pul o‘tkazish yo‘li bilan, shu jumladan plastik kartochkadan pul ko‘chirish orqali sotish imkoniyatiga egalar.

Agentlikda yo‘lovchilarning aviatashuvlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ish olib boriladi,

 

Bog‘lanish uchun:

Direktor: Муллабеков Алишер Нурмахматович

Manzil: Toshkent sh., A.Temur shohko‘chasi 51

Tel. (998-71) 140-47-50
Faks: (998-71) 140-48-18
e-mail: gavs@uzairways. com