Davavianazorat

O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi 1998 yili 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.1998 y. dagi 255-son qarori bilan, tarkbidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi chiqarilib, Davlat inspeksiyasi bazasida mustaqil yuridik shaxs huquqida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasining faoliyati sohasida siyosatni joriy qiluvchi, havo kemalaridan foydalanuvchilar, aviatsiya korxonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalarining parvoz xavfsizligini ta’minlovchi belgilangan qoidalar va me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi davlat organidir.

O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi: www.uzcaa.uz