2016 – yil I - chorak natijalari

“O’zbekiston havo yo’llari” MAK Kengashida Milliy aviakompaniyaning joriy yilning I-choragidagi ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyati natijalari sarhisob qilinib, xodimlar bilan ishlash ishlari tahlil qilindi, tarkibiy bo’linmalarning bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarligi muhokama qilindi va bir qator boshqa masalalar ko’rib chiqildi.

2016-yil 1-chorak natijalariga ko’ra Milliy aviakompaniya havo kemalari bilan 5007 ta qatnov bajarildi: shu jumladan uzoq sharq mamlakatlariga -1354 ta qatnov, MDH mamlakatlariga -1874 ta qatnov, mahalliy havo yo’llarida- 1779 ta qatnov bajarilib, 536,6 ming yo’lovchi manziliga yetkazildi.

Hisobot davrida pullik bagaj va pochtani qo’shib hisoblaganda hammasi bo’lib 8,9 ming tonna yuk tashildi, bu 104,8 foizni tashkil qildi. Bazasida Xalqaro intermodal logistika markazi faoliyat ko’rsatadigan “Navoiy” aeroportidan yuk tashish hajmi 7,7 ming tonnani tashkil etdi, bu o’tgan yiling shu davriga nisbanat 35% ga ko’p.

O’zR Investetsiya dasturiga muvofiq joriy yilda MAKda 6 ta investetsiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. Bu havo kemalari va vertolyotlar parkini yangilash, Toshkent aeroportida yangi xalqaro yo’lovchi terminalini qurish, Boeing-787 samolyotlariga texnik xizmat ko’rsatish uchun angar qurish, Toshkent, samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlarida havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini modernizasiya qilish, aeroportlarni maxsus aeroport texnikasini yangilash ko’zda tutilgan.

Shuningdek MAKning xalqaro aviatashuvlar bozoridagi tijorat faoliyatini kuchaytirish bo’yicha faol ish olib borilmoqda. Voronejga yangi yo’nalish ochish rejalashtirilmoqda. Respublika hududida aviatashuvlar xizmatlarini sotish bo’yicha 10 ta agentlik kelishuvi, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan yo’lovchi tashuvlarini sotish bo’yicha kelishuvlar imzolandi.

Turizmni rivojlantirish, xorijda o’zbek turizm yo’nalishini ommalashtirish va respublikaga xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilmoqda.

MAKi vakillari O’zbekistondagi turistik kompaniyalar bilan hamkorlikda xalqaro turistik ko’rgazmalarda va Road-showda namoyish etishdi.

MAK Kengashida aviakompaniya tarkibiy bo’linmalarining bahorgi-yozgi navigatsiyaga tayyorgarligi, shaxsiy tarkib, havo kemalari, yer usti asbob-uskunalari, parvozlarni elektr-yoritish va radiotexnik vositalar bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlarning bajarilishi va boshqa masalalar muhokama qilindi. Qushlarning uchib kelishi boshlanganligi munosabati bilan aerodromlarda ornitologik vaziyat ustidan nazorat kuchaytirildi.

Aeroportlar direktorlarining front-layn xodimlarning umumiy va aviatsion ingliz tilini bilish darajasi holati to’g’risidagi va aeroportlarda hamda aeroport atrofi hududida parvozlarning ornitologik ta’minotini yaxshilash bo’yicha amaliy choralarning bajarilishi yuzasidan hisobotlari tinglandi

Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilingach, MAK Kengashi ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va aviakompaniya faoliyati samaradorligi oshirishga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qildi.