Uzbekistan airways

Maqsad - korruptsiyaning oldini olish

18 Mar 2019

I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida korruptsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDep fraktsiyasi a‘zosi D.Fayziyeva, O‘zR IIB “Toshkent” aeroportida jamoat xavfsizligi ta’minlash bo‘limi xodimi S.Abdushukurov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda korruptsiyaning jamiyat barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi haqida so‘z berib, ushbu illatni oldini olish uchun aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurligi aytib o‘tildi. Shuningdek, yosh avlodni antikorruptsion ruhda tarbiyalash, jamoat nazoratini ta‘minlash va ushbu g‘ayriijtimoiy hodisaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni alohida ta‘kidlandi.

Tadbir davomida poytaxt aeroporti xodim va yoshlari korruptsiyaga qarshi kurashga qaratilgan qonun loyihalari bilan tanishtirildi va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarining savollariga to‘liq javob oldilar va bu borada profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirdilar.